JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI HUZURIDAGI TEXNIKA FANLARI BО‘YICHA ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PHD.03/30.06.2020.T.115.01 RAQAMLI ILMIY KENGASHNING 2020 YILDAGI FAOLIYATI BО‘YICHA
MA’LUMOT
О‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat tо‘g‘risida”gi qonuni “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya kоmessiyasi tо‘g‘risidagi nizom” va “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tо‘g‘risida”gi nizomi asosida Oliy va о‘rta mahsus ta’lim vazirligining murojati (08.06.2020 y., № 89-03-1953) va OAK texnika fanlar bо‘yicha eksport kengashi tavsiyasiga (2906 2020 y., №5) muvofiq О‘zbekiston Respublikasi OAK rayosatining 2020 yil 30 iyundagi 281/2-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ning (30.06.2020 y., № 168) qaroriga asosan Jizzax politexnika instituti huzuridagi texnika fanlari bо‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli Ilmiy Kengash tuzilgan. Ilmiy Kengashga texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) va pedogogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha ilmiy darajalarni olish uchun dissertatsiyalar himoyasini о‘tkazishga ruxsat berilgan:
05.06.02 – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish”;
Mazkur ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosida quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha ilmiy darajalar beruvchi bir martalik ilmiy kengashda himoyalar о‘tkazishga ruxsat berilgan:
13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari)
2020 yilida yuqorida kо‘rsatilgan ixtisosliklar bо‘yicha, ya’ni: 05.06.02 – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha texnika fandari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga – 1 ta himoya an’anaviy tarzda о‘tkazildi.
Himoya qilingan dissertatsiya Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II. “Energetika, energiya- resurstejamkorlik, transport, mashina va asbobsozlik” ustuvor yо‘nalishlaridagi mavjud muammolarni yechishga бағишланган, мashinada terilgan paxta tolasini samarali tozalashga, jumladan Tola tozalagichlarning ishchi qismlarini takomillashtirish, energiya-resurstejamkorligini oshirish, qо‘l va mashinada terilgan paxta tolasini tozalash texnologiyasini takomillashtirish, tolani tozalashni ishlab chiqarish jarayonlariga va olinadigan tolaning sifat va miqdor kо‘rsatkichlariga, chiqindining toladorligiga ta’siri bо‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlarning yangi usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish, mashinada terilgan qiyin tozalanuvchan paxtaning tolasini samarali tozalash texnologiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan tola tozalagichni texnologik va konstruksion parametrlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Dissertatsiya ishlarida olingan tadqiqot natijalari ishlab chiqarishga joriy qilingan bо‘lib, ularga tegishli Vazirliklar tomonidan ma’lumotnomalar olingan.