«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom» hamda «Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2019 yil 30 dekabrdagi №312-sonli qarorlari asosida: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raqami: DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli ilmiy kengashga quydagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalarni olish uchun dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan:
05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari;
05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslok;
05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash.
05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli ilmiy kengashning 21 kishidan iborat tarkibi tasdiqlangan.