Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi DSc.06/30.12.2019.V.12.01

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to'g'risida ma'lumot

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining 2020 yil 31 dekabrdagi 455-son qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01 raqamli ilmiy kengash tarkibi  tasdiqlangan.

Ilmiy kengash o‘z faoliyatini “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi.

Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha himoyalar o‘tkazishga ruxsat berilgan:

16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari bo‘yicha);

16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari bo‘yicha);

16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari bo‘yicha);

03.00.06- Zoologiya (veterinariya fanlari bo‘yicha).

Ilmiy kengashga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilgan: 16.00.04-Veterinariya farmokologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari bo‘yicha).

Ilmiy kengashning tarkibi 21 kishidan iborat.