Ilmiy kengashning e'lon va yangiliklari 2022-01-06
Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
2022 yilning 18 yanvar kuni soat 14:00 da Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Navruzov Nurali Itolmasovichning 16.00.02-“Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi” hamda 16.00.03-“Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha “Buzoqlar kolibakteriozining patomorfologiyasi va immunoprofilaktikasida xitozan preparatining roli” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish joyi: SamVMI, 2-bino, 3-qavat, Ilmiy kengash xonasi (271-xona)