Ilmiy kengashning e'lon va yangiliklari 2021-11-06
Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
2021 yil 17 noyabr kuni soat 10:00 da Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy kengash yig‘ilishida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Mengliyev Ali Saykanovichning 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ixtisosligi (veterinariya fanlari) bo‘yicha “O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kuydirgi o‘choqlarining joylashish monitoringi” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish joyi: SamVMI, 2-bino, 3-qavat, Kengash xonasi (271-xona).